INNOVATSION FAOLIYATDA LIKVIDLIK VA TO‘LOVGA QOBILIYATLILIKNI BAHOLASH

Volume: 1 (2026)
Authors: Qoʻshayev Toʻxtasin Abdiqodirovich
Keywords: innovatsion faoliyat, likvidlik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik, pul oqimlari, joriy likvidlik koeffitsienti, tezkor likvidlik, mutlaq likvidlik, moliyaviy tahlil, innovatsion korxonalar, investitsiyalar, risklarni boshqarish, aylanma kapital, moliyalashtirish manbalari.
Article Type: Research Article
Article Number: 38-44
Published: May 4, 2026

Abstract

Mazkur maqolada innovatsion faoliyat yurituvchi korxonalarda likvidlik va to‘lovga qobiliyatlilikni baholashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida innovatsiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi roli ortib borayotgani fonida, korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda likvidlik ko‘rsatkichlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos moliyaviy xususiyatlari, jumladan, yuqori risk va uzoq muddatli investitsiyalar bilan bog‘liqligi asoslab berilgan. Amaliy misol sifatida “Technoplaza” MCHJ faoliyati tahlil qilinib, uning likvidlik va to‘lovga qobiliyatlilik ko‘rsatkichlari baholangan. Shuningdek, innovatsion korxonalarda pul oqimlari nomutanosibligi va tashqi moliyalashtirishga bog‘liqlik muammolari aniqlangan. Tadqiqot yakunida likvidlikni boshqarish strategiyalarini takomillashtirish, moliyaviy monitoring tizimini joriy etish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full Text