EGMA ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK KOMPETENSIYASI VA BILISH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH

Volume: 1 (2026)
Authors: Hayitmirzayeva Muazzam
Keywords: EGMA, xalqaro baholash dasturi, boshlang‘ich ta’lim, 2-sinf, bilish faolligi, matematik ko‘nikmalar, interfaol metodlar, didaktik topshiriqlar, pedagogik yondashuv
Article Type: Research Article
Article Number: 88-100
Published: May 4, 2026

Abstract

Mazkur tadqiqot ishida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining, xususan 2-sinf o‘quvchilarining bilish faolligini oshirish muammosi EGMA (Early Grade Mathematics Assessment) xalqaro baholash dasturi asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda bilish faolligining pedagogik-psixologik mazmuni tahlil qilinib, uning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal etish ko‘nikmalari va o‘quv jarayonidagi faol ishtirokiga ta’siri yoritilgan. EGMA dasturining mazmuni, maqsadi hamda boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati ochib berilgan holda, ushbu dastur orqali o‘quvchilarning matematik bilim va ko‘nikmalarini baholash imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, 2-sinf matematika darslarida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlar, didaktik topshiriqlar tizimi va metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida tajriba-sinov ishlari o‘tkazilib, olingan natijalar tahlil qilingan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijada EGMA asosidagi metodikaning o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishda samarali vosita ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari bu dastur asosida olib borilgan tajriba-sinov ishlari ham aniq yorib berilgan.

Full Text