AQSH SOTSIOLOGIYASIDA NEOPOZITIVIZM GʻOYALARI

Volume: 1 (2026)
Authors: Abdullajonova Nasiba Sharifjon qizi
Keywords: neopozitivizm, empirik sotsiologiya, metodologiya, statistik tahlil, ilmiy bilim, Talcott Parsons, Robert Merton, Paul Lazarsfeld.
Article Type: Research Article
Article Number: 108-115
Published: May 4, 2026

Abstract

Ushbu maqolada AQSH sotsiologiyasida neopozitivizm g‘oyalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning nazariy va metodologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Neopozitivizm sotsiologiyada ilmiylik, aniqlik va empirik yondashuvni ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari surgan muhim oqimlardan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu yo‘nalishning asosiy tamoyillari, jumladan, verifikatsiya prinsipi, empirik ma’lumotlarga tayanish, ob’ektivlikni ta’minlash va matematik-statistik metodlardan keng foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, AQSH sotsiologiyasida empirik tadqiqotlarning rivojlanishi, ijtimoiy jarayonlarni o‘lchash va tahlil qilishda neopozitivistik yondashuvning o‘rni asoslab berilgan. Mazkur maqolada neopozitivizmning afzalliklari bilan bir qatorda uning ayrim cheklovlari ham tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Xususan, ijtimoiy hodisalarning sifat jihatlarini to‘liq ochib berishda yuzaga keladigan muammolar alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari neopozitivizmning zamonaviy sotsiologiya taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Full Text