ROBERT PARKNING SOTSIOLOGIK GʻOYALARI

Volume: 1 (2026)
Authors: Bobojonova Rihsixon Farhod qizi
Keywords: R.Park, inson ekologiyasi, shahar sotsiologiyasi, ijtimoiy jarayonlar, raqobat, konflikt, moslashuv, assimilyatsiya, migratsiya, sotsiologik nazariya
Article Type: Research Article
Article Number: 129-137
Published: May 4, 2026

Abstract

Ushbu maqolada amerikalik sotsiolog Robert Ezra Park tomonidan ishlab chiqilgan sotsiologik qarashlar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, jamiyat doimiy harakat va o‘zgarishda bo‘lgan ijtimoiy tizim sifatida talqin qilinadi hamda undagi jarayonlar insonlar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar orqali shakllanadi. Maqolada Parkning asosiy konsepsiyalari - inson ekologiyasi, shahar sotsiologiyasi va ijtimoiy jarayonlar nazariyasi (raqobat, konflikt, moslashuv va assimilyatsiya) ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, uning qarashlarining sotsiologiya fanidagi o‘rni, nazariyaning kuchli va cheklangan jihatlari ham ko‘rib chiqilgan. Natijada, Park g‘oyalari jamiyatni tabiiy rivojlanish qonuniyatlari asosida tushuntiruvchi muhim nazariy yondashuv ekanligi aniqlangan.

Full Text