TALABALARDA AKADEMIK PROKRASTINATSIYANING YOSHGA OID DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada talabalarda akademik prokrastinatsiyaning yoshga
oid differensial xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda Buxoro xalqaro universiteti,
Namangan davlat universiteti va Oriental universitetining 355 nafar talabasi
ishtirok etdi. Respondentlar 17–19 yosh (n=116), 20–22 yosh (n=118) va 23–25
yosh (n=121) guruhlariga ajratildi. Akademik prokrastinatsiya PASS, xavotirlanish
Spielberger–Xanin shkalasi, vaqt menejmenti esa TMQ yordamida baholandi.
Uchta mustaqil yosh guruhini qiyoslashda Kruskal–Uollis H mezonidan
foydalanildi. Natijalarda 17–19 yoshli talabalarda kechiktirish xulqi, muammolilik
va vazifaning subyektiv yoqimsizligi; 23–25 yoshda umumiy prokrastinatsiya va uni
kamaytirish istagi; 20–22 yoshda esa vaziyatli xavotirlanish yuqoriroq o‘rtacha
ranglarda namoyon bo‘ldi. 23–25 yoshli talabalar vaqtni rejalashtirish va vaqtga
mas’uliyatli munosabat ko‘rsatkichlarida ham yetakchi bo‘ldi. Natijalar
prokrastinatsiya yosh ortishi bilan oddiy chiziqli tarzda kamaymasligi, balki uning
psixologik mazmuni yosh bosqichlariga ko‘ra qayta tashkil topishini ko‘rsatdi.

Keywords

akademik prokrastinatsiya, yosh davri, kechiktirish xulqi, vazifaning yoqimsizligi, vaziyatli xavotirlanish, vaqt menejmenti, talabalar