OLIY TA’LIMDA TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA DEONTOLOGIK TAYYORGARLIKNI TA’MINLOVCHI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR, METODLAR VA VOSITALAR
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiya
fani o‘qituvchilarining deontologik tayyorgarligini ta’minlashda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, metodlar va vositalardan foydalanishning nazariy hamda
amaliy jihatlari yoritilgan. Pedagogik deontologiyaning mazmun-mohiyati,
o‘qituvchining kasbiy burchi, axloqiy mas’uliyati, pedagogik odobi,
adolatparvarligi va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirish masalalari tahlil
qilingan. Shuningdek, muammoli ta’lim, keys-stadi, rolli o‘yinlar, refleksiv
yondashuv, loyiha texnologiyasi, raqamli ta’lim vositalari va hamkorlikka
asoslangan metodlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetensiyani
shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Deontologik tayyorgarlikni
takomillashtirishda nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlar bilan uyg‘unlashtirish,
kasbiy-axloqiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z faoliyatini
tanqidiy tahlil qilishga o‘rgatish muhim pedagogik shartlar sifatida asoslangan.
Maqola yakunida bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-axloqiy
tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

