MAQOLLARNING SEMANTIK VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI (NEMIS VA O‘ZBEK MAQOLLARI)
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada nemis va o‘zbek maqollarining semantik va
pragmatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Maqollarning mazmuniy
tuzilishi, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari, obrazlilik xususiyatlari hamda nutq
jarayonidagi kommunikativ funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqollarda
xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi, axloqiy-me’yoriy qarashlari va milliymadaniy qadriyatlarining ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Nemis va o‘zbek tillaridagi
maqollar misolida umumiy insoniy qadriyatlarning o‘xshashligi hamda ularning
milliy-madaniy ifodalanishidagi farqlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari
maqollarning faqatgina tayyor til birligi emas, balki muayyan kommunikativ
vaziyatda ma’lum pragmatik maqsadni amalga oshiruvchi vosita ekanligini
ko‘rsatadi.

