OQIM-DARAJALI HUJUMLARNI ANIQLASH DETEKTORINING HUJUM SINFLARI KESIMIDAGI QAMROVINI UCH BENCHMARK TO‘PLAMDAGI TAHLILI

Article Information

Download PDF

Abstract

Tezisda faqat normal oqimlarda o‘qitilgan self-supervised graf
detektori bo‘lgan FlowGuardning aniqlash darajasi uchta NetFlow benchmark
to‘plamda hujum sinflari kesimida o‘lchanadi. Benchmark to‘plamlar sifatida NFUNSW-NB15-v2, NF-BoT-IoT-v2, NF-CSE-CIC-IDS2018-v2 lar olingan.
Kalibrlangan α = 0,01 ish nuqtasida 27 sinf bo‘yicha olingan TPR qiymatlari
“oqim-darajali iz” mezonini shakllantiradi. Strukturaviy va hajmiy iz qoldiruvchi
sinflar 0,90 dan yuqori, mazmun-darajali va faqat oqimlar agregatida namoyon
bo‘ladigan taqsimlangan sinflar 0,27 dan past aniqlanadi. Natija oqim-darajali
detektorni mazmun-tahlil va oyna-darajali vositalarning o‘rnini bosuvchi emas,
to‘ldiruvchisi sifatida joylashtirishni asoslaydi.

Keywords

tarmoq hujumlarini aniqlash, NetFlow, hujum sinflari, qamrov tahlili, oqim-darajali iz, self-supervised o‘qitish, kalibrlangan chegara