TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUV KOMPONENTLARI DINAMIKASI: ROGERS–DIAMOND METODIKASI ASOSIDA TAHLIL
Article Information
Abstract
Tadqiqotda oliy ta’lim talabalari ijtimoiy-psixologik
moslashuvining tarkibiy jihatlari hududiy diagnostika va rivojlantiruvchi trening
natijalari orqali ko‘rib chiqiladi. Tahlilga Namangan, Toshkent va Qarshidagi
ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 600 nafar respondentga doir
umumlashtirilgan ma’lumotlar asos bo‘lgan. Rogers–Diamond diagnostik
yondashuvining T. V. Snegiryova adaptatsiyasida olingan ko‘rsatkichlar o‘zini va
boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, internallik hamda dominantlik
mezonlari bo‘yicha taqqoslandi. Dastlabki baholashda emotsional komfort 42–46%
oralig‘ida bo‘lgan. Trening bilan qamrab olingan tajriba guruhida (n=285)
ko‘rsatkichlar 15–19 foiz punktga o‘sgan; nazorat guruhida (n=315) esa qayd
etilgan siljishlar 3–4 foiz punktdan iborat. Tahlil moslashuvga ko‘maklashishda
emotsional o‘zini boshqarish va shaxslararo munosabatlarni kompleks
rivojlantirish zaruratini asoslaydi.

