TEXNIKUM O’QUVCHILARI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA «TARBIYA» FANINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI VA INTEGRATIV MODELI
Article Information
Abstract
Maqolada texnikum talabalari shaxsini shakllantirishda
«Tarbiya» fanining nazariy-metodologik va pedagogik-psixologik asoslari tahlil
qilingan. Tarbiya tushunchasi ta’lim, ijtimoiylashuv va shaxs rivojlanishi
kategoriyalari bilan o‘zaro munosabatda ko‘rib chiqilib, L.S.Vigotskiy,
A.N.Leontyev, E.Erikson, A.Bandura, L.Kolberg hamda E.Dessi va R.Rayanning
qarashlari asosida o‘smirlikdan o‘spirinlikka o‘tish davridagi tarbiyaviy
jarayonning qonuniyatlari yoritilgan. Kasb-hunar ta’limi sharoitiga
moslashtirilgan to‘rt komponentli integrativ model (qadriyatli-motivatsion, bilimiykonseptual, faoliyatli-amaliy va refleksiv-baholovchi) taklif etilgan hamda uni
amalga oshirishning didaktik vositalari asoslangan
Keywords
tarbiya, texnikum, kasbiy shaxs, qadriyatlar, axloqiy rivojlanish, integrativ model, refleksiya, kasbiy axloq.

