RESURSLARI CHEKLANGAN ROBOTLARDA TABIIY TIL BUYRUQLARINI TUSHUNISH: YENGIL MODELLAR VA RESURSLARI CHEKLANGAN QURILMALARDA ISHLASH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI
Article Information
Abstract
Maqolada robotlarga berilgan og‘zaki va yozma buyruqlarni
kam quvvatli qurilmalarda tushunishga qaratilgan 2024-2026-yillardagi
tadqiqotlar qiyosiy tahlil qilinadi. Kvantlash, pruning, bilim distillyatsiyasi va
ixcham arxitekturalar, shuningdek, ularni mikrokontroller, Raspberry Pi va Jetson
platformalarida ishlatish natijalari yagona mezonlar – xotira, kechikish, sifatning
saqlanishi, qayta o‘qitish talabi, apparatga bog‘liqlik va kam resursli tillarga
moslik – bo‘yicha baholanadi. Tahlil past bitli kvantlash xotirani 5-11 marta
kamaytirib, sifatning 90-95% ini saqlashini, biroq mikrokontrollerlarda hozircha
faqat kalit so‘zlarni aniqlash amaliy ekanini ko‘rsatadi. Umumiy kechikishni
baholashning yagona usuli yo‘qligi va o‘zbek tilida robot buyruqlari korpusining
mavjud emasligi asosiy ochiq muammolar sifatida asoslanadi.

