ROBOTOTEXNIKA ELEMENTLARI ASOSIDA TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QUVCHILARINING MUHANDISLIK VA ALGORITMIK FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Article Information
Abstract
Mazkur tezisda robototexnika elementlari asosida texnologik ta’lim
o‘quvchilarining muhandislik va algoritmik fikrlashini rivojlantirish masalalari
yoritilgan. Robototexnika mashg‘ulotlarini bosqichma-bosqich murakkablashtirish,
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasiga mos amaliy topshiriqlarni
tashkil etish usullari bayon qilingan. Shuningdek, robototexnikaga oid texnik,
dasturlash, tahliliy, ijodiy, kommunikativ va muammolarni hal qilish
kompetensiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarning
bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun 100 ballik mezonlar tizimi taklif etilgan.
Mazkur yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, algoritm tuzishi, texnik
muammolarni aniqlashi va amaliy loyihalarni ishlab chiqish qobiliyatini
rivojlantirishga xizmat qiladi.

