YOSHLARNING IJTIMOIYLASHUVIDA RAQAMLI MAKONNING IJOBIY VA SALBIY OQIBATLARI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiylashuv jarayonida raqamli
makonning tutgan o‘rni, uning shaxs kamoloti, ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar
tizimi, kommunikativ kompetensiyalar va ijtimoiy faollikka ko‘rsatadigan ijobiy
hamda salbiy ta’sirlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli
texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, virtual hamjamiyatlar va internet
platformalarining yoshlar tomonidan ijtimoiy tajriba o‘zlashtirilishi, o‘zini
namoyon etish, ijtimoiy identiklikni shakllantirish va jamiyat hayotida ishtirok etish
imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga, raqamli
qaramlik, kiberbulling, dezinformatsiya, ijtimoiy taqqoslash, virtual muloqotning
ustunligi va raqamli tengsizlik kabi muammolarning yoshlar ijtimoiylashuviga
ta’siri ochib beriladi.

