O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL KOMPETENSIYALARINI BAHOLASHNING DIAGNOSTIK-KORREKSION MEXANIZMI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada maktabdan tashqari ta’lim sharoitida
o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini baholashning diagnostikkorreksion mexanizmi yoritilgan. Ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarning
murakkab va ko‘p komponentli xususiyati ularni faqat bitta test yoki anketa asosida
baholash yetarli emasligini ko‘rsatishi asoslangan. Emotsional-kognitiv, regulyativxulqiy, empatik-kommunikativ, ijtimoiy-hamkorlik va qadriyatli-mas’uliyatli
mezonlar hamda ularning kuzatiladigan indikatorlari tizimlashtirilgan.
Kompetensiyalarning boshlang‘ich, moslashuvchan, faol-produktiv va
tashabbuskor-refleksiv rivojlanganlik darajalari tavsiflangan. Baholashning ko‘p
manbali diagnostika, formativ monitoring, rivojlantiruvchi qayta aloqa va
pedagogik korreksiya birligiga asoslangan siklik mexanizmi taklif etilgan.

