IBN JINNIYNING «SIRRU SINOATI-L-EʼROB» ASARI FONETIK TADQIQOT SIFATIDA
Article Information
Abstract
Maqolada Ibn Jinniyning “Sirru sinoati-l-eʼrob” asaridagi
fonetik tahlil tamoyillari oʻrganiladi. Tadqiqotning maqsadi asarning tovush hosil
boʻlishi, hamza va alifning farqlanishi hamda nutq aʼzolariga koʻra tasniflash
masalalaridagi ilmiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Sifatga asoslangan matniy
tahlil va tarixiy-kontekstual yondashuv yordamida asarning nazariy kirishi hamda
arab harflarining nomlari, tartibi va maxrajlariga bagʻishlangan boʻlimlari
tekshirildi. Uning 29 asosiy harf va 16 maxraj haqidagi qarashlari tarixiy tasnif
doirasida izohlandi.
Keywords
Ibn Jinniy; Sirru sinoat-l-eʼrob; arab fonetikasi; maxraj; hamza; alif; artikulyatsion tahlil.

