O‘ZBEKISTONDA KO‘ZI OJIZLARNING ISHLAB CHIQARISHDAGI ISHTIROKI (1991–2025-YILLAR)

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada 1991–2025-yillarda O‘zbekistonda ko‘zi ojizlarning
ishlab chiqarishdagi ishtiroki, xususan, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tizimidagi
o‘quv-ishlab chiqarish korxonalarining bu boradagi o‘rni tarixiy va siyosiy jihatdan
tahlil qilingan. Tadqiqot ilk bor ilmiy muomalaga kiritilayotgan O‘zbekiston Milliy
arxivi va O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati arxivi hujjatlari hamda normativhuquqiy hujjatlarga asoslangan. Sovet davrida davlat buyurtmasi, sanoat
kooperatsiyasi va imtiyozli xomashyo asosida shakllangan korxonalar tizimining
kamchiliklari, mustaqillikning dastlabki yillarida xo‘jalik aloqalarining uzilishi
natijasida yuz bergan inqiroz va korxonalarning yopilish sabablari ochib berilgan.
2006-yildan korxonalarning MChJ shakliga o‘tkazilishi va paxtani qayta ishlashga
ixtisoslashuvi, 2017-yildan keyingi islohotlar – imtiyozli paxta ajratishning
to‘xtatilishi, soliq rejimining o‘zgarishi, davlat xaridi kvotalari va inklyuziv
bandlikni rag‘batlantirish choralarining korxonalarga ta’siri baholangan. Tahlil
natijasida korxonalarda ishlab chiqarish hajmi oshgan holda ko‘zi ojiz ishchilar
soni 1991-yildagi 5533 nafardan 2024-yilda 917 nafarga qisqargani, jamiyat
tizimidan tashqarida ishlovchi ko‘zi ojizlar ulushi 1991-yildagi 19 foizdan 2024-
yilda 61 foizga oshib, bandlikning asosiy qismi tizimdan tashqarida
shakllanayotgani hamda davlat siyosati korxonalarni imtiyozlash yondashuvidan
barcha ish beruvchilarni rag‘batlantirish yondashuviga o‘tgani asoslab berilgan.

Keywords

ko‘zi ojizlar, mehnat bandligi, ixtisoslashgan korxonalar, inqiroz, islohotlar