YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR JAMOAT BIRLASHMALARI TAJRIBASI VA UNDAN O‘ZBEKISTONDA FOYDALANISH

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy huquqiy va demokratik davlat
qurilishi sharoitida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoat
birlashmalarining institutsional roli va salohiyati qiyosiy-huquqiy jihatdan tadqiq
etilgan. Maqolada AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Yaponiya kabi
rivojlangan xorijiy mamlakatlar jamoat birlashmalarining yoshlar huquqiy
savodxonligini oshirish va ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish
borasidagi ilg‘or tajribalari hamda samarali modellari (Street Law, Pro Bono,
Politische Bildung, Citizens Advice) tahlil qilingan. O‘zbekistondagi amaldagi holat
va tizimli muammolar xolis baholanib, xalqaro tajribaning samarali elementlarini
milliy-huquqiy tizimga hamda mahalla institutiga moslashtirish bo‘yicha
institutsional, metodologik va raqamli-media yo‘nalishlarida konseptual taklif va
tavsiyalar ilgari surilgan.

Keywords

yoshlar, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati, xalqaro tajriba, ijtimoiy sheriklik, Street Law, Pro Bono, mahalla, raqamli huquqiy savodxonlik.