JANUBIY O‘ZBEKISTON MAYDA SHOXLI HAYVONLARINING HAZM TIZIMI NEMATODALARI (QASHQADARYO VILOYATI, CHIROQCHI TUMANI MISOLIDA)

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada O‘zbekistonning arid hududlarida mayda shoxli
hayvonlar (qo‘y va echkilar) hazm tizimi nematodalari bo‘yicha e’lon qilingan
ma’lumotlar tahlil qilingan hamda ularni Janubiy O‘zbekistondagi Qashqadaryo
viloyati Chiroqchi tumani sharoitiga tatbiq etish imkoniyati baholangan. Qo‘shni
Buxoro viloyatida so‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar zararlanish darajasi
yuqoriligini ko‘rsatgan: Marshallagia marshalli qo‘ylarning 56,5 % ida va
echkilarning 60,0 % ida aniqlangan, Nematodirus avlodining to‘qqiz turi qayd
etilgan. Viloyatning asosiy qo‘ychilik va echkichilik hududlaridan biri bo‘lgan
Chiroqchi tumani bo‘yicha tuman darajasidagi ma’lumotlar mavjud emas, bu esa
maxsus tadqiqot o‘tkazish zarurligini asoslaydi.

Keywords

mayda shoxli hayvonlar, qo‘y, echki, nematodalar, hazm tizimi, Marshallagia, Nematodirus, invaziya ekstensivligi, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo.