O‘ZBEK AN’ANAVIY GILAMDO‘ZLIGIDA JULXIRS: TARIXIY-ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI VA TEXNOLOGIK AN’ANALARI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek an’anaviy gilamdo‘zligining o‘ziga xos
namunalaridan biri bo‘lgan “julxirs”ning tarixiy-etnografik xususiyatlari, kelib
chiqishi, tarqalish hududlari, bezak tizimi va tayyorlash texnologiyasi tahlil qilinadi.
Julxirsning Shumer, Baqtriya va Sug‘d madaniyatlari bilan bog‘liq tarixiy ildizlari,
shuningdek, uning Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo
hududlaridagi mahalliy xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqotda gilam naqshlaridagi
totemik, tamg‘aviy, geometrik va kosmogonik belgilar hamda ularning ramziy
mazmuni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, julxirsning an’anaviy to‘qish usullari, jun
xomashyosi, ranglar uyg‘unligi va sumax texnikasi bilan bog‘liq jihatlar tahlil
qilinadi. Muzey kolleksiyalari va ilmiy manbalar asosida julxirs o‘zbek xalqining
qadimiy amaliy san’ati va moddiy-madaniy merosining muhim namunasi ekanligi
asoslanadi.

