GʻO‘ZANI PARVARISHLASHDA TURLI XIL QATOR KENGLIKLARIDA KO‘CHAT QALINLIKLARI VA MINERAL O‘GʻITLAR ME’YORINING HOSILDORLIKGA TA’SIRI BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR
Article Information
Abstract
Qator oralig‘i, ko‘chat qalinligi, mineral o‘g‘itlar me’yori,
sug‘orish va tuproq sharoitlarining o‘simlik o‘sishi hamda rivojlanishiga ta’siri.
Mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari
asosida turli tuproq-iqlim sharoitlarida g‘o‘za parvarishlashning samarali
usullari yoritilgan. Qator kengligini to‘g‘ri tanlash, maqbul ko‘chat qalinligini
belgilash hamda mineral o‘g‘itlardan ilmiy asosda foydalanish g‘o‘zaning
o‘sishi va hosildorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, tuproq
zichlanishi va noto‘g‘ri agrotexnik tadbirlar hosilning kamayishiga olib kelishi
aniqlangan.
Keywords
g‘o‘za, qator kengligi, qator oralig‘i, ko‘chat qalinligi, hosildorlik, mineral o‘g‘itlar, sug‘orish, tuproq unumdorligi, tuproq zichlanishi, agrotexnologiya, morfobiologik xususiyatlar, paxtachilik, agrotexnik tadbirlar, o‘simlik rivojlanishi, resurslardan samarali foydalanish.

