GIDROTEXNIK INSHOOTLAR AVARIYASI SHAROITIDA AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH MARSHRUTLARINI GEOAXBOROT TIZIMLARI ASOSIDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH (SARDOBA SUV OMBORI MISOLIDA)
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada gidrotexnik inshootlarning avariyaviy
buzilishi natijasida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar sharoitida aholini
xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish jarayonini modellashtirish masalalari
koʻrib chiqilgan. Tadqiqot Sardoba suv ombori misolida amalga oshirilgan
boʻlib, unda toʻgʻon buzilishi natijasida hosil boʻladigan yorib oʻtish toʻlqinining
tarqalish dinamikasi Ritter analitik modeli asosida hisoblab chiqilgan hamda
geoaxborot tizimlari (GAT) yordamida transport tarmogʻining eng qisqa va
xavfsiz evakuatsiya marshrutlari Dijkstra algoritmi asosida aniqlangan. Talab
etiladigan evakuatsiya vaqti (RET) va mavjud vaqt (AT) oʻrtasidagi nisbat
asosida har bir aholi punkti uchun xavfsizlik zaxirasi koʻrsatkichi kiritilgan.
Tadqiqot natijalari GAT texnologiyalarini qoʻllash orqali evakuatsiya
marshrutlari uzunligini oʻrtacha 20 foizga, evakuatsiya vaqtini esa 38-46 foizga
qisqartirish mumkinligini koʻrsatdi, biroq buzilish sodir boʻlganidan keyin
boshlanadigan evakuatsiya barcha holatlarda yetarli emasligini ham aniqladi.
Ishlab chiqilgan model favqulodda vaziyatlar boshqaruvi organlari uchun qaror
qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

