DARS JADVALINI TUZUVCHI GENETIK ALGORITMDA MUTATSIYA EHTIMOLINI ADAPTIV BOSHQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Article Information
Abstract
Maqolada genetik algoritm asosida dars jadvalini tuzish
uchun taklif etilgan adaptiv mutatsiya qoidasi 0,05, 0,10 va 0,20 o‘zgarmas
mutatsiya ehtimollari hamda qoidaning o‘rtacha ehtimoliga teng o‘zgarmas
variant bilan teng hisoblash resursida (jarima funksiyasini 98 050 marta
hisoblash) taqqoslanadi. 60 va 120 darsdan iborat 30 ta sun’iy test misolida har
bir variant 10 martadan ishga tushirildi, natijalar Fridman testi, Xolm tuzatishi
va Vilkokson mezoni yordamida baholandi. Eng kichik jarimani 0,05 ehtimol
berdi. Adaptiv qoida barcha test misollarida uchala o‘zgarmas ehtimoldan
yomonroq natija ko‘rsatdi (0,20 bilan farq faqat qo‘shimcha tahlilda ahamiyatli),
uning mutatsiya ehtimoli esa avlodlarning 98 foizidan ko‘prog‘ida 0,3 dan kam
bo‘lmadi. Past o‘zgarmas ehtimol tanlash yoki qoidaning yuqori chegarasini
kamaytirish tavsiya etiladi.

