SIRKULYAR MODELNING QIYMATNI SAQLASH MEXANIZMLARI
Article Information
Abstract
Maqolada sirkulyar modelda mahsulot, komponent va
materiallarning iqtisodiy hamda funksional qiymatini saqlash mexanizmlari
tadqiq etiladi. Ekodizayn, ta’mirlash, qayta foydalanish, modernizatsiya,
chiqindilarning oldini olish, Lean Manufacturing va xizmatga asoslangan biznes
modellari qiyosiy tahlil qilinadi. Nazariy umumlashtirish natijasida qiymatni
saqlashni mahsulotning xizmat muddati, qayta foydalanish salohiyati, resurs
unumdorligi va hayotiy sikldagi ekologik ta’sirlar orqali baholash taklif etiladi.
Natijalar konseptual xususiyatga ega.
Keywords
sirkulyar iqtisodiyot, qiymatni saqlash, ekodizayn, ta’mirlash, qayta foydalanish, resurs samaradorligi, Lean Manufacturing.

