TALABALARDA MEDIAKOMPETENTLIKNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN YURTIMIZDA VA DUNYO MIQIYOSIDA OLIB BORILGAN ILMIY VA AMALIY IZLANISHLAR
Article Information
Abstract
Mazkur maqola talabalarda mediakompetentlikni raqamli
texnologiyalar vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan
yurtimizda va dunyo miqyosida olib borilgan ilmiy hamda amaliy izlanishlar
tahliliga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mavzuning oʻrganilganlik
darajasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iboratdir. Maqolada raqamli
axborot muhitining kengayishi talabalarda maʼlumotlarni mustaqil izlash,
ularning ishonchliligini tanqidiy tahlil qilish va masʼuliyatli qoʻllash
koʻnikmalari oʻrtasida nomutanosiblikni keltirib chiqarayotgani ochib berilgan.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy yondashuvlar (DigComp 2.2, DigCompEdu,
Falloon modeli, UNESCO tavsiyalari hamda yurtimiz olimlarining ilmiy
izlanishlari) qiyosiy tahlil qilinib, texnologik vositalardan tashqari interfaol
didaktik topshiriqlar dizaynini yaratish muhimligi asoslangan.

