KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONALARIDA NOSTATSIONAR AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATLARINI TASHKIL ETISH: MUAMMO VA YECHIMLAR
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolarga
mo‘ljallangan maxsus kutubxonalarda nostatsionar axborot-kutubxona
xizmatlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Maqolada nostatsionar xizmat
turlari — kutubxona punktlari, ko‘chma kutubxonalar, kitob yetkazib berish
xizmati, masofaviy ulanish nuqtalari va uy obunasi tahlil qilinadi, shuningdek
ko‘zi ojizlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan zamonaviy tiflotexnik
vositalar (Brayl printeri, portativ Brayl displey, taktil grafik printer, video
kattalashtiruvchi qurilma, o‘qish mashinasi) haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, madaniy meros va badiiy ta’lim resurslarini ko‘zi ojiz
foydalanuvchilar uchun ochiq va teng qilishning ahamiyati, xalqaro hamkorlik
imkoniyatlari asoslab beriladi. Muallif nostatsionar xizmatlarni
takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan.

