SUV TA’MINOTI TIZIMLARIDA SUV YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH VA TARMOQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada suv ta’minoti tizimlarida suv
yo‘qotishlarining yuzaga kelish sabablari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
So‘ngra, suv yo‘qotishlarini kamaytirish va tarmoq samaradorligini oshirish
usullari ko‘rib chiqiladi. Bunda quvurlardagi sizib chiqishlarni aniqlash va
bartaraf etishdan boshlab, suv bosimini boshqarish, zamonaviy hisobga olish
vositalari hamda raqamli monitoring texnologiyalarini joriy etishgacha bo‘lgan
yechimlar tahlil qilinadi. Jahon tajribasi bilan bir qatorda suv ta’minoti
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha
zamonaviy yondashuvlar misolida suv yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan
texnik va tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, suv ta’minoti
tizimlarining samaradorligini baholash mezonlari bir tizimga solinib, ularning
suv resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoq faoliyatini
takomillashtirishdagi ahamiyati baholab chiqiladi.

