ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “MUXTASAR” RISOLASIDAGI “TIROZIY BAYTLARI”: MANBASI, MATNI VA TALQINI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur “Muxtasar” aruz
risolasida “Tiroziy” nomi bilan keltirgan ikki bayt Shayx Ahmad ibn Xudoydod
Taroziyning “Funun ul-balog‘a” (1436–1437) asari bilan qiyosiy-matniy tahlil
qilinadi. Har ikki bayt Taroziy risolasining aruz bo‘limida muallifning o‘z taqti’
misollari sifatida – rajaz bahrining mutavval shakli va ramal bahrining kam
qo‘llanadigan shoxobchasiga namuna tarzida – uchrashi aniqlandi. Bobur
bergan vazn ta’riflari Taroziy taqti’iga mos kelishi, baytlardagi tafovutlar esa
arab yozuvidagi grafik o‘xshashlikdan kelib chiqqan o‘qish variantlari ekani
ko‘rsatildi. Bobur matni risolaning bizgacha yetib kelgan yagona (1581-yilgi)
qo‘lyozmasidan kamida yarim asr oldingi guvoh sifatida ayrim o‘qishlarni
tiklashga imkon berishi asoslandi.

Keywords

Taroziy, “Funun ul-balog‘a”, Bobur, “Muxtasar”, aruz, mutavval, rajaz, ramal, taqti’, matnshunoslik, laff va nashr.