INGLIZ DETEKTIV DISKURSIDA ISHORAVIY JINOYATLAR TADQIQI: AGATA KRISTI DETEKTIV ASARLARI MISOLIDA

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur maqolada ingliz detektiv diskursida jinoyatni
aniqlash, yashirin ma’nolarni anglash va jinoyatchini fosh etish jarayonida
ishoraviy birliklarning lingvistik hamda pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi.
Tadqiqot materiali sifatida ingliz adabiyotining mashhur detektiv yozuvchisi
Agata Kristi asarlari, xususan, “Murder on the Orient Express”, “The Murder
of Roger Ackroyd” va “Death on the Nile” romanlari tanlangan. Maqolada
ishoraviy jinoyatlar tushunchasi jinoyatga aloqador yashirin belgilar, bilvosita
ma’lumotlar, nutqiy ishoralar, ramziy detallar va kontekst orqali
anglashiladigan dalillar bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin etiladi. Ushbu
birliklarning qahramonlar nutqi, dialoglar, tavsiflar va syujet rivojidagi
vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, detektiv diskursda implikatura,
presuppozitsiya, deiksis va pragmatik xulosalash mexanizmlarining ahamiyati
yoritiladi. Tadqiqot natijasida ishoraviy birliklar o‘quvchini faol fikrlashga
undashi, gumondorlar doirasini toraytirishi va badiiy matnning sirli muhitini
shakllantirishga xizmat qilishi asoslanadi.

Keywords

detektiv diskurs, ishoraviy birliklar, jinoyat, Agata Kristi, pragmatika, implikatura, presuppozitsiya, lingvistik tahlil, yashirin ma’no, badiiy matn