BO‘LAJAK DASTURCHILARDA MUSTAQIL MUAMMOLARNI HAL QILISH (PROBLEM-SOLVING) KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT ASBOBLARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH BALANSI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada boʻlajak dasturchilar va dasturlash sohasida
tahsil olayotgan talabalarning sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalaridan unumli
foydalana olmaslik muammolari tadqiq etilgan. Bugungi kunda talabalar
berilgan topshiriq va masalalarning mohiyatini anglab yetmasdan, ularni koʻrkoʻrona AI tizimlariga yoʻnaltirish orqali tayyor yechimlarni olishga
odatlanmoqdalar. Bu esa talabalarda mustaqil algoritmik fikrlash koʻnikmasini
susaytiradi. Maqolada ushbu muammoning yechimi sifatida muallif tomonidan
ishlab chiqilgan va nomlangan “Don’t just ask” (Shunchaki so’rama)
metodologiyasi taklif etilgan. Mazkur yondashuv AIdan tayyor kod qismlarini
soʻrashni cheklab, faqat tushunarsiz boʻlgan nazariy kontent va mantiqiy
jarayonlarni misollar yordamida chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda
dasturlash kitoblaridagi nazariy poydevor va kod oʻrtasidagi tafovutlarni
(talabalar tushunishda duch keladigan ~87% qiyinchiliklarni) tizimli bartaraf
etish hamda talabalarni AI asboblarisiz ham mustaqil loyihalar yarata olish
darajasiga olib chiqish bosqichlari yoritilgan.

