TIBBIYOTDA PEDAGOGIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI: BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KLINIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MISOLIDA
Article Information
Abstract
Maqolada tibbiy ta’lim tizimida pedagogikaning o‘rni va
ahamiyati bo‘lajak shifokorlarning klinik kompetensiyalarini rivojlantirish
nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – fundamental (ekologik
va biologik) bilimlarni klinik faoliyatga ko‘chirishda pedagogik loyihalashning
rolini ochib berish hamda simulyatsion ta’lim va OSCE texnologiyalarini
birlashtiruvchi metodikaning samaradorligini asoslash. Pedagogik kuzatuv,
kontent-tahlil, so‘rov, ekspert baholash va ko‘p markazli kvazi-eksperimental
tajriba usullari qo‘llanildi; tajribaga uchta tibbiyot oliy ta’lim tashkilotining 803
nafar talabasi jalb etildi. Tajriba guruhida integrativ diagnostik ko‘rsatkich
73,43 dan 84,76 ballga, nazorat guruhida 71,77 dan 79,21 ballga o‘sdi;
o‘sishdagi guruhlararo farq 3,90 foiz punktni (d=1,09; p<0,001), kasbiy qiziqish
bo‘yicha sof dinamik ustunlik 12,1 foiz punktni tashkil etdi. Natijalar pedagogik
jihatdan asosli tashkil etilgan o‘quv jarayoni shifokor tayyorgarligi sifatining hal
qiluvchi omili ekanini tasdiqlaydi.

