SAVDO TO’SIQLARINI TASHQI SAVDO AYLANMASIGA TASIRINI GRAVITASION MODELLAR ASOSIDA TAXLIL QILISH
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada savdo to‘siqlarining mamlakatlar
o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasiga ta’sirini gravitatsion modellar asosida
tahlil qilishning nazariy va metodologik jihatlari yoritilgan. Xalqaro savdoda
bojxona tariflari, notarif cheklovlar, texnik talablar, sanitariya va fitosanitariya
qoidalari, transport xarajatlari hamda ma’muriy tartib-taomillarning savdo
oqimlariga ta’siri o‘rganilgan. Gravitatsion modelning iqtisodiy mazmuni,
asosiy o‘zgaruvchilari va ekonometrik tenglamasi izohlangan. Shuningdek,
savdo to‘siqlarining eksport, import va umumiy tashqi savdo aylanmasiga
ta’sirini baholashda foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar manbalari,
hisoblash usullari va amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston tashqi
savdo aloqalarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan bojxona jarayonlarini
soddalashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirish va xalqaro standartlarga
moslashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan

