OʻZBEKISTONDA TURIZM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA ONLAYN BRONLASH PLATFROMALARINING ROLI VA ISTIQBOLLARI
Article Information
Abstract
Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sanoatida
xizmat koʻrsatish, ularni sotish va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari
borgan sari internet provayderlaridagi platformalar va mobil dasturlar
yordamida amalga oshirilmoqda. Bu platforma va dasturlar sayohatchilarga
sayohat davomida ularga zarur boʻluvchi joylashtirish vositalari (mehmonxona,
xostel, motel), transport vositalari chiptalari (aviachiptalar, temiryo’l chiptalari),
transport ijarasi, sug’urta va boshqa koʻplab xizmatlarni oʻzlariga qulay joy va
masofadan turib izlash, mos parametrli narxlar diapazoni bilan tanishish va
ularni taqqoslash, shu bilan birga oʻzlariga mos keluvchi tanlovlarni band qilish
imkonini yaratadi. Oʻzbekiston sharoitida esa ushbu onlayn platformalarni
rivojlashtirish mamlakatning madaniy merosi, ziyorat turizm, gastronomik
turizm va boshqa turistik yoʻnalishlarni xalqaro bozorda hech qanday
vositachilarsiz targ’ib etishni taqozo etadi. Onlayn bronlash tizimlarini
joriylanishi natijasida mahalliy joylashtirish vositalari, turoperatorlar va boshqa
kichik biznes subyektlariga mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlarga ham
oʻz xizmatlarini taklif qilish imkonini beradi.

