INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA SHIRALARNING TABIIY KUSHANDALARI VA ULARNING UCHRASH DARAJASI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada 2023-2025 yillarda Jizzax va Samarqand
viloyatlaridagi intensiv pista bog‘larida shiralarning tabiiy kushandalari –
entomofaglarning tur tarkibi va uchrash darajasini o‘rganish bo‘yicha olib
borilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqotlar davomida Forda hirsuta
va F. formicaria shiralari bilan bog‘liq 5 ta oilaga mansub 9 ta entomofag turi
va taksonomik guruhi aniqlandi. Ular orasida Coccinella septempunctata va
Chrysopa carnea har ikkala hududda ham yuqori uchrash darajasi bilan ajralib
turdi. Anthocoris nemoralis va Leucopis silesiaca Jizzax viloyatida ko‘p,
Samarqand viloyatida esa o‘rtacha miqdorda qayd etildi. Adalia bipunctata va
Syrphus corollae turlarining uchrash darajasida ham hududiy farqlar kuzatildi.
Aphidius turkumiga mansub parazitoidlar har ikkala viloyatda kam sonda
uchradi. Olingan natijalar intensiv pista bog‘larida shiralar entomofaglarining
tur tarkibi va tarqalish xususiyatlarini baholash, tabiiy kushandalarni muhofaza
qilish hamda zararkunandalarga qarshi ekologik xavfsiz integratsiyalashgan
kurash tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

