Fe(II)–TRIAZOL KOMPLEKSLARI ASOSIDA XITOZAN– KOLLAGEN PLYONKALARGA TERMOXROM XUSUSIYAT BERISH ISTIQBOLLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Ishda Fe(II)–1,2,4-triazol koordinatsion polimerlarining spino‘tish (spin-crossover, SCO) hodisasiga asoslangan termoxrom xususiyatini
xitozan–kollagen biopolimer plyonkalariga o‘tkazish imkoniyati tahlil qilingan. 3-
Amino-1,2,4-triazolning N1/N2 ko‘prik koordinatsiyasi orqali hosil bo‘ladigan
[Fe(NH₂trz)₃]ₙ²ⁿ⁺ zanjirlari past spinli (pushti-binafsha) va yuqori spinli (rangsiz)
holatlar orasida xona harorati yaqinida gisterezisli o‘tishni namoyon qiladi.
Biopolimer matritsa zanjirlarni barqarorlashtiruvchi va qarshi ion vazifasini
bajaruvchi muhit sifatida qaraladi. Fe(II) ning oksidlanishga sezgirligi va uni
bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan.

Keywords

spin-o‘tish, termoxromlik, Fe(II), 1,2,4-triazol, koordinatsion polimer, xitozan, kollagen, aqlli qadoqlash