MARSHRUTLASH PROTOKOLLARIDA ME’YORIY O’TKAZISH QOBILIYATINI HISOBLASH USULLARI TAHLILI
Article Information
Abstract
Maqolada RIP, OSPF, EIGRP va BGP protokollarida marshrutning me’yoriy o’tkazish qobiliyati (metrika, OSPF da cost) qanday hisoblanishi,
router uni marshrutlash jadvaliga qanday o’tkazishi va me’yoriy o’tkazish qobiliyati
parametri o’zgarganda jadvalda nima o’zgarishi tahlil qilingan. To’rt routerli halqa
topologiyasi FRRouting 8.4.4 dasturiy routerlarida yig’ilib, to’rt tajriba o’tkazildi.
RIP hoplar soni bo’yicha 100 Mbit/s li qisqa yo’lni tanladi va u uzilganda muqobil
yo’lga 25–33 soniyada o’tdi. OSPF da tayanch o’tkazuvchanlik 100 dan 10 000
Mbit/s ga oshirilganda LAN4 tarmog’iga yo’l me’yoriy o’tkazish qobiliyati 2 dan 40
ga o’zgarib, 1 Gbit/s li kanallarga ko’chdi. EIGRP topologiya jadvali kompozit
me’yoriy o’tkazish qobiliyati formulasini tasdiqladi, BGP da esa yo’l LOCAL_PREF
va AS_PATH atributlari orqali boshqarildi. Cisco IOS uchun ekvivalent buyruqlar
va platformalar orasidagi farqlar keltirilgan.

