PROSTATA BEZI XAVFSIZ GIPERPLAZIYASIDA PROSTATA HAJMI VA KLINIK ASORATLAR O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: 200 BEMORNING RETROSPEKTIV TAHLILI

Article Information

Download PDF

Abstract

Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) katta yoshdagi
erkaklarda keng tarqalgan urologik kasalliklardan biri bo‘lib, pastki siydik yo‘llari
simptomlari va turli darajadagi infravezikal obstruksiya bilan kechadi. Tadqiqotning
maqsadi PBXG bo‘lgan bemorlarda prostata hajmi va klinik asoratlar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni baholashdan iborat. 2020–2022 yillarda Uromed ABK Shifo klinikasida
davolangan 200 nafar bemorning ma’lumotlari retrospektiv tahlil qilindi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 58,0±5,29 yilni tashkil etdi. Prostata hajmi ortishi bilan
surunkali siydik tutilishi, sistostomaga ehtiyoj va siydik pufagi toshlari kabi asoratlarning og‘irlashuvi kuzatildi. Prostata hajmi ≥50 ml bo‘lgan bemorlarda surunkali siydik tutilishi va invaziv drenajga ehtiyoj ≤30 ml guruhga nisbatan statistik jihatdan yuqori bo‘ldi (p<0,05). Olingan natijalar prostata hajmini PBXG bilan
bog‘liq klinik xavfni baholashda muhim parametr sifatida qo‘llash mumkinligini
ko‘rsatadi.

Keywords

prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, prostata hajmi, IPSS, Qmax, siydik tutilishi, infravezikal obstruksiya, sistostoma, siydik pufagi toshlari.