RAQAMLI MUHITDA PSIXOEMOTSIONAL KO‘RSATKICHLAR VA UYQU SIFATINING O‘ZGARISHI FONIDA EKRAN VAQTI DARAJASI BILAN BOG‘LIQLIK VA PSIXOMETRIK SKRINING SHKALALARINING INFORMATIVLIGI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlardan problemli foydalanish fonida
psixoemotsional ko‘rsatkichlar va uyqu sifati o‘zgarishlariga bag‘ishlangan 2005–
2026-yillarda chop etilgan ilmiy manbalar tizimli tahlil qilingan. Tahlil natijalari
ko‘rsatishicha, klinik va subklinik darajadagi raqamli tobelik depressiya (PHQ-9),
xavotir (GAD-7) hamda uyqu buzilishi indeksi (PSQI) ko‘rsatkichlarining ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik kunlik ekran vaqti (KEV) darajasiga mutanosib ravishda kuchayadi: KEV kuniga 3,0–5,0 soat bo‘lganda depressiv simptomlar bo‘yicha
o‘rtacha (ta’sir kattaligi 0,542), KEV 5,0 soatdan yuqori bo‘lganda esa yuqori
(1,284) farq qayd etilgan. Aholi miqyosidagi kogort tadqiqotlarda hatto me’yor chegarasidan biroz oshgan passiv ekran vaqti ham psixologik farovonlik indeksining
sezilarli pasayishi va uyqu davomiyligining 1,5 soatgacha qisqarishi bilan
bog‘liqligi aniqlangan. Raqamli detoks va kognitiv-xulq-atvor korreksiyasidan keyingi subyektiv holat yaxshilanishi asosan tungi sirkad ritm va uyqu gigiyenasining
tiklanishi bilan izohlanadi, ya’ni PHQ-9 shkalasi raqamli zo‘riqishda chin affektiv
depressiyani va somatik-uyqu komponentini to‘liq ajrata olmaydi. Kompulsiv-addiktiv xulq-atvor xavfini baholashda Bergen ijtimoiy tarmoqlarga tobelik shkalasi
(BSMAS) 50 mingdan ortiq ishtirokchilarni qamragan meta-tahlilda umumiy ekran
vaqti va standart skrining so‘rovnomalariga nisbatan psixoemotsional xavfni
yaxshiroq bashorat qilgan, uning universal chegarasi 19 ballga teng. Tahlil asosida
yoshlarni psixodiagnostik baholashning bosqichli algoritmi taklif etildi.

Keywords

raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlardan problemli foydalanish, ekran vaqti, depressiya, xavotir, uyqu sifati, Bergen shkalasi (BSMAS), psixometrik skrining