O‘ZBEK TILIDA DINSHUNOSLIK TERMINLARI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
Article Information
Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek tilidagi dinshunoslik terminologiyasining
mustaqil lingvistik tadqiqot obyekti sifatidagi xususiyatlari, uning chegaralarini
belgilash mezonlari va tahlil yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Dinshunoslik
terminlarini ilmiy matnlardan ajratib olish, ularning tushunchaviy munosabatlarini
aniqlash, terminologik sinonimiya va variantlilikni o‘rganish masalalariga alohida
e’tibor qaratiladi.
Keywords
dinshunoslik terminologiyasi, tadqiqot obyekti, terminologik tizim, tushunchaviy munosabat, terminologik sinonimiya, variantlilik, terminologik korpus.

