TIBBIYOT TALABALARIGA INGLIZ TILIDA ANAMNEZ YIG‘ISH VA KLINIK HOLATNI OG‘ZAKI TAQDIM ETISHNI O‘RGATISH METODIKASI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada tibbiyot talabalariga ingliz tilida anamnez yig‘ish va
klinik holatni og‘zaki taqdim etishni bir vaziyatda o‘rgatish metodikasi asoslandi.
O‘zbek va xorijiy tadqiqotlar qiyoslanib, uchta o‘quv vaziyatiga tayangan 45 daqiqalik
mashg‘ulot loyihalandi. Anamnezda tafsilotni aniqlash, taqdimotda uni mazmunan
saqlash, suhbatdoshga mos til tanlash va bayonni tartiblash uchun baholash mezonlari
ishlab chiqildi.

Keywords

tibbiy ingliz tili, anamnez, klinik taqdimot, rolli mashq, shakllantiruvchi baholash.