INKLYUZIV TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI IJTIMOIY MOSLASHUVNI RIVOJLANTIRISH
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida raqamli
texnologiyalardan foydalanish orqali alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan
o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy
raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining individuallashtirilishi, o‘quvchilarning
kommunikativ faolligini oshirish, tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini
kengaytirish va ta’lim muhitida faol ishtirokini ta’minlash uchun muhim vosita sifatida
qaraladi. Maqolada raqamli ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar, multimedia
vositalari, onlayn muloqot va hamkorlik texnologiyalarining o‘quvchilarning ijtimoiy
kompetensiyalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek,
raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchi, muloqot ko‘nikmalari va jamoaviy faoliyatdagi ishtirokini
rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ochib beriladi. Tadqiqotda raqamli
vositalardan maqsadli va individual yondashuv asosida foydalanish inklyuziv ta’lim
samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli
moslashuviga xizmat qilishi asoslab beriladi

