INGLIZ TILI DARSLARIDA BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ingliz tili
o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish
masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning dolzarbligi reproduktiv ta’lim usullaridan
interaktiv va ijodiy yondashuvlarga o‘tish zarurati bilan belgilanadi. Maqolada
kreativlikning nazariy asoslari, xususan, J. Gilfordning divergent fikrlash va G.
Uollesning ijodiy jarayon bosqichlariga oid qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek,
talabalarning kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan aqliy hujum, muammoli
ta’lim, rolli o‘yinlar, geymifikatsiya hamda ijodiy ta’lim muhitini yaratish kabi
amaliy usullar yoritiladi.

Keywords

kreativ fikrlash, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari, divergent fikrlash, aqliy hujum, muammoli ta’lim, rolli o‘yinlar, geymifikatsiya, oliy ta’lim.