MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA AHOLI TURMUSH DARAJASINING QIYOSIY TAHLILI
Article Information
Abstract
Maqolada Markaziy Osiyoning besh davlati — O‘zbekiston,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda aholi turmush
darajasining asosiy xususiyatlari hamda o‘zgarish tendensiyalari tahlil qilinadi.
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy o‘sish, umr ko‘rish davomiyligi,
bandlik, daromadlar, kambag‘allik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan
foydalanish imkoniyatlari qiyoslanadi. Iqtisodiy tuzilma, mehnat migratsiyasi,
hududiy tafovutlar va davlat ijtimoiy siyosatining farovonlikka ta’siri yoritiladi.
Raqamlashtirish, sun’iy intellekt, inson kapitalini rivojlantirish va mintaqaviy
hamkorlik sharoitida turmush darajasini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari taklif
etiladi.
Keywords
Markaziy Osiyo, turmush darajasi, hayot sifati, aholi daromadlari, kambag‘allik, bandlik, ijtimoiy siyosat, inson kapitali, iqtisodiy rivojlanish, mintaqaviy integratsiya.

