QALPOQCHALI ZAMBURUG’LAR VA MAHALLIY O’SIMLIK XOMASHYOSI ASOSIDA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARGA EGA TEZ TAYYORLANADIGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada qalpoqchali zamburug’lar (Pleurotus, Agaricus,
Lentinula turlari) va mahalliy o’simlik xomashyosi asosida funksional
xususiyatlarga ega, tez tayyorlanadigan (instant) quruq oziq-ovqat mahsulotini
ishlab chiqishning ilmiy asoslari ko’rib chiqilgan. Xorijiy sharh maqolalar tahlili
asosida zamburug’ ingredientlarining ozuqaviy tarkibi, texnofunksional
xususiyatlari va qayta ishlash sharoitiga bog’liqligi yoritilgan. Muallif
zamburug’ning funksionalligi xomashyoning o’zida emas, balki qayta ishlash
jarayonida shakllanadi, degan fikrni asoslaydi va quritish, maydalash hamda
donli va dukkakli xomashyo bilan uyg’unlashtirishni o’z ichiga olgan texnologik
sxemani taklif etadi.

Keywords

qalpoqchali zamburug'lar, Pleurotus, instant mahsulot, funksional oziq-ovqat, β-glyukanlar, zamburug' kukuni, mahalliy xomashyo.