NAVOIY VILOYATI BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDAGI O‘RNI
Article Information
Abstract
Mazkur maqolada Navoiy viloyati bosma ommaviy axborot
vositalarining yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rni tarixiy manbalar
asosida tadqiq etiladi. “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalarining
1991-2025-yillarda chop etilgan ayrim sonlari misolida vatanparvarlik, milliy
qadriyatlar, ta’lim, ma’rifat, kasb-hunarga yo‘naltirish, jismoniy tarbiya va
yoshlarning ijtimoiy faolligi masalalarining yoritilish xususiyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, hududiy matbuotning tarixiy xotirani saqlash, ijtimoiy qarashlarni
shakllantirish va yosh avlodni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga
qaratilgan faoliyati yoritiladi.
Keywords
Navoiy viloyati, bosma matbuot, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy qadriyatlar, tarixiy xotira.

