OʻQUV MASHGʻULOTI TUZILMASIGA SINGDIRILGAN MIKROFAOLLIK PAUZALARI — TALABALAR JISMONIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION SHAKLI
Article Information
Abstract
Tezisda talabalar jismoniy faolligini oʻquv jarayonining oʻziga
singdirish gʻoyasiga asoslangan mikrofaollik texnologiyasi tavsiflanadi: oʻquv
jadvalidagi «faollik uzilishlari»ni aniqlash algoritmi, mashgʻulot bosqichlari
chegarasiga joylashtiriladigan uch turdagi pauza (gigiyenik-tiklovchi, kognitivfaollashtiruvchi, kasbiy-metodik) va «faollik kartochkalari» banki. Uch oliy taʼlim
muassasasida 412 nafar talaba ishtirokidagi tajribada harakat pauzali
mashgʻulotlar ulushi 7,3 foizdan 78,6 foizga, eng uzun uzluksiz oʻtirish davomiyligi
175 daqiqadan 108 daqiqaga oʻzgardi; nazorat guruhida bu koʻrsatkichlar deyarli
oʻzgarmadi.
Keywords
jismoniy faollik, mikrofaollik pauzasi, oʻtirgʻich xulq-atvor, faollik uzilishi, faollik kartochkalari, talaba, pedagogika yoʻnalishi.

