ODDIY KASRLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISHDA “KO‘R — ANGLA — BAJAR — TEKSHIR” METODINI QO‘LLASH
Article Information
Abstract
Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oddiy
kasrlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini o‘rgatishning metodik
muammolari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning kasrlar ustida amallarni mexanik bajarishi natijasida yuzaga keladigan xatolarni kamaytirish maqsadida “Ko‘r — ang
la — bajar — tekshir” bosqichlariga asoslangan metodik model taklif etiladi. Model
vizual tasvir, matematik mazmunni anglash, algoritmni qo‘llash va natijani tekshirish jarayonlarini yagona tizimga birlashtiradi.
Keywords
oddiy kasrlar, matematika o‘qitish metodikasi, matematik tafakkur, vizual modellashtirish, arifmetik amallar, xatolar tahlili, metodik model.

