SUV TA’MINOTI NASOS STANSIYALARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARINI TANLASHNING BOSQICHLI YONDASHUVI (ZARAFSHON INSHOOTI MISOLIDA)

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur maqolada nasos stansiyalarining gidravlik va energetik
ish rejimlarini takomillashtirishga oid 11 ta ilmiy manba qiyosiy tahlil qilingan.
Tadqiqot davomida suv qabul qilish sharoitlarini yaxshilash, ishchi bosimni
muvofiqlashtirish, nasos agregatlari yuklamasini ratsional taqsimlash hamda
ekspluatatsion rejimlarni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy
yondashuvlar tizimlashtirilgan. Tahlil natijalari asosida Zarafshon suv tozalash va
uzatish inshooti uchun elektr energiyasi iste’molini statistik tahlil qilish, gidravlik
va energetik parametrlarni o‘lchash hamda texnik cheklovlarni hisobga olgan holda
muqobil ish rejimlarini baholashdan iborat uch bosqichli metodik yondashuv taklif
etilgan. Ushbu yondashuv energiya tejalishini keyingi tadqiqotlarda ilmiy asosda
miqdoriy baholashning metodik asoslarini belgilashga xizmat qiladi.

Keywords

nasos stansiyasi, energiya samaradorligi, gidravlik rejim, yuklamani taqsimlash, optimallashtirish, solishtirma elektr sarfi