SUN’IY INTELLEKT VA INSONNING ONGLI FAOLIYATI O‘RTASIDA AXLOQIY ME’YORLARNI BELGILASH
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya
jarayonlarining jadallashuvi sharoitida sun’iy intellekt tizimlari hamda insonning
ongli faoliyati o‘rtasida axloqiy me’yorlarni belgilashning falsafiy-aksiologik va
madaniy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi algoritmik qaror qabul
qilish mexanizmlarining insoniy qadriyatlar, milliy-madaniy meros, til va axloqiy
mas’uliyat tamoyillari bilan uyg‘unlashuv yo‘llarini aniqlashdan iborat. Maqolada
qiyosiy-falsafiy, tizimli va aksiologik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijada
sun’iy intellekt faoliyatini axloqiy tartibga solishda inson subyektivligi ustuvorligini
ta’minlash, avlodlararo ma’naviy vorisiylik va madaniy o‘zlikni asrashga
qaratilgan normativ-etik tamoyillar majmuasi asoslab berilgan.

