RAQAMLI MAKONDA MILLIY TIL VA MADANIY O‘ZLIK: TIL TENGSIZLIGI HAMDA IJTIMOIY INTEGRATSIYA MASALALARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada globallashuv va raqamli axborot makonining
jadal kengayishi sharoitida milliy til hamda madaniy o‘zlikni saqlab qolish, raqamli
til tengsizligini bartaraf etish va ijtimoiy integratsiyani ta’minlash masalalari
ijtimoiy-falsafiy va lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotning
maqsadi global tarmoq va sun’iy intellekt platformalarida ustuvor tillar
gegemoniyasi sharoitida o‘zbek tilining raqamli mavqeini mustahkamlash,
avlodlararo madaniy-lingvistik tafovutni kamaytirish mexanizmlarini aniqlashdan
iborat. Maqolada qiyosiy-falsafiy, tizimli, sotsiolingvistik va aksiologik tahlil
usullaridan foydalanilgan. Natijada milliy tilni raqamlashtirish, sifatli mahalliy
kontent yaratish va inklyuziv raqamli integratsiya orqali madaniy o‘zlikni
asrashning amaliy-konseptual yechimlari asoslab berilgan.

Keywords

raqamli makon, milliy til, madaniy o‘zlik, til tengsizligi, ijtimoiy integratsiya, globallashuv, madaniy meros, avlodlararo tafovut.