RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA VA OMMAVIY MADANIYAT SHAROITIDA TASAVVUF MEROSINING TALQINI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada globallashuv, raqamli kommunikatsiya va
ommaviy madaniyatning keng yoyilishi sharoitida tasavvuf ma’naviy-falsafiy
merosining zamonaviy talqini hamda yosh avlod ongiga yetkazilish xususiyatlari
tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi raqamli axborot makonida yuzaga kelayotgan
yuzaki, iste’molchilikka asoslangan talqinlar bilan tasavvufning asl komil inson,
ma’naviy poklanish va axloqiy mas’uliyat g‘oyalari o‘rtasidagi tafovutlarni
aniqlash, shuningdek, milliy-madaniy merosni asrash va avlodlararo vorisiylikni
ta’minlashning ilmiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot
jarayonida germenevtik, qiyosiy-falsafiy, tizimli va aksiologik tahlil metodlaridan
foydalanilgan. Natijada raqamli platformalarda tasavvufiy merosni ilmiy
asoslangan, autentik va ma’rifiy shakllarda ommalashtirish orqali yoshlarning
milliy o‘zlikni anglashini mustahkamlash yo‘llari asoslab berilgan.

